O‘zbekiston mebel va dizayn sohasi uchun yangi xalqaro imkoniyatlar
Joriy yilning 14-oktabr kuni "Businessmaker" kompaniyasi ofisida O‘zbekiston mebel va interyer dizayni sanoatini rivojlantirishga qaratilgan muhim va istiqbolli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Mebel va yog‘ochsozlik sanoati korxonalari uyushmasi (MEЁS) vakillari hamda Dizaynerlar va arxitektorlar uyushmasi vakili Yaqin Sharqdagi mebel, interyer dizayni, dekor va uskunalar bo‘yicha eng yirik xalqaro ko‘rgazmalar — INDEX Dubai hamda INDEX Saudi loyihalari direktori bilan muzokaralar o‘tkazdilar.
ℹ️ Ma’lumot uchun:
Ushbu nufuzli ko‘rgazmalar tashkilotchisi — shtab-kvartirasi Dubayda joylashgan, xalqaro ko‘rgazmalar va biznes tadbirlarini o‘tkazishda dunyoda yetakchilardan biri bo‘lgan dmg events kompaniyasidir.
🤝 Muzokaralarning asosiy natija va maqsadlari:
Toshkentda INDEX Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmasini tashkil etish istiqbollarini muhokama qilish;
Xorijiy ishlab chiqaruvchilar, dizaynerlar va brendlarni mamlakatimiz bozoriga va qo‘shma loyihalarga jalb etish;
O‘zbekiston mebel va interyer dizayni sohasini xalqaro darajaga olib chiqish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
Tadbirlar va yangi qo‘shma loyihalar haqidagi tafsilotlarni sahifamizda kuzatib boring! 🚀
💬 Hashtaglar:
#MEYOS #DizaynVaArxitektura #MebelSanoati #INDEXDubai #INDEXSaudi INDEXUzbekistan dmgEvents Businessmaker TashkentEvents UzbekistanFurniture InteryerDizayn B2B